Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes uning keyingi mavsumda qolish qaroriga jamoa muxlislari ta'sir qilganini tan oldi.
"Ko'chada muxlislarni uchratganimda, ular doim qolishimni so'rashardi. Ular menga juda ko'p mehr berishdi.
Muxlislar hamon hayajonda ekanini his qilyapman. Kelgusi mavsumda biz jangga tayyor bo'lamiz", - dedi Xavi matbuot anjumanida.