Frantsiyalik futbolchi Ferlan Mendi o'z o'yini bilan "Real" rahbariyatini hayratda qoldirdi. Xabarga ko'ra, "qirollik" klubi 28 yoshli himoyachi bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmoqchi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yil oxirida yakuniga etadi. Yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Ferlanning transfer narxi 20 million evro.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Mendi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi.