Yarim himoyachi Arda Gyuler yozgi transfer oynasida "Real"ni tark etishi va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa jamoaga ijaraga berilishi mumkin.
AS nashri xabariga ko'ra, o'ndan ortiq klublar Gyulerni ijaraga olish borasida "Los-Blankos" bilan bog'lanishgan.
2023/2024 yilgi mavsumda Gyuler "Real Madrid"ning ettita rasmiy o'yinida qatnashdi. Ularda turkiyalik yarim himoyachi bitta gol urdi.
Aytish joizki, Gyuler bir muddat kasalxonada yotdi. Transfermarkt portali mutaxassislari 19 yoshli Gyulerni 15 million evroga baholamoqda.