Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bild nashrining xabariga ko'ra, Madrid grandi "Milan" himoyachisi Malik Tiavni qo'lga kiritish ustida ishlamoqda.
Transfermarkt portali 22 yoshli Tiavni 30 million evroga baholamoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda himoyachi turli musobaqalarda 26 ta rasmiy o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, Malik Tiav 2023 yilda Germaniya terma jamoasi safida uchta o'yin o'tkazgan. Himoyachi "Milan"da 2022 yilning yozida "Shalke"dan o'tganidan beri o'ynamoqda.