"Barselona" Lamin Yamalning zarbasi bilan bog'liq vaziyat yuzasidan sudga murojaat qiladi.
"Klasiko"dan so'ng “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub federatsiyadan ushbu epizodga oid video va audioyozuvlarni talab qilishini aytdi va kataloniyaliklar o'yinni takrorlashni talab qildi.
Biroq, hakamlar texnik qo'mitasi "Barsa"ga hech qanday material bermoqchi emas.
AS'ning xabar berishicha, “Barselona” ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilishga qaror qilgan. Adliya tizimi endi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) o'zida bo'lgan materiallarni klubga topshirishga majburmi yoki yo'qligini aniqlaydi.