“PSJ”ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe “Real”da markaziy hujumchi sifatida o'ynaydi, deb xabar bermoqda Footmercato.
Manbaga ko'ra, hujum qanotida o'ynashga o'rganib qolgan Mbappe Karlo Anchelotti jamoasida mamnuniyat bilan markaziy hujumchi vazifasini bajaradi. Frantsuz futbolchisi o'yin uslubini o'zgartirishga tayyor, shuningdek, hujumda oldingi safda o'ynash unga “Oltin butsa” va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish imkoniyatini oshirishini ham tushunadi.
Eslatib o'tamiz, Kilian 2018 yildan beri “PSJ”da o'ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 180 million evroga baholanmoqda. Ushbu mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 42 ta o'yinda qatnashib, 41 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.