"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala "Real" bilan bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men "Real Madrid" bilan afsonaviy "Santyago Bernabeu" stadionida uchrashishni intiqlik bilan kutaman.
Bu muhim o'yinlar bo'ladi, chunki Evropaning ikki eng yaxshi jamoasi maydonda kuch sinashadi", - deya Musialaning so'zlarini keltiradi Bild.
Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.