Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua qachon maydonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi ketma-ket ikki marta jiddiy jarohat olib, joriy mavsumda hali maydonga tushmadi.
“Men maydonga qaytish uchun bor kuchimni sarflayapman. Lunin ajoyib o'ynayapti, shuning uchun shoshilishim shart emas", - deya belgiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi El Golazo de Gol.
O'tkazilgan 32 ta o'yin natijasiga ko'ra, "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi "Barselona"dan 11 ochko oldinda.