Joze Mourino "Roma" bilan ketma-ket ikki marta evrokuboklar finaliga chiqqandi. Murabbiy bu holat haqida gapirdi.
"Men so'nggi ikki yil ichida ikkita finalda o'ynagan evropalik yagona murabbiyman. Shunday qilib, keling, men haqimda gapiraylik.
20 yil oldin Chempionlar ligasida g'alaba qozonganim mening aybim emas. Ammo agar siz kelib, murabbiylardan ketma-ket ikkita evrokubok finalida o'ynay olasizmi, deb so'rasangiz, ko'pchilik javob berishga qiynaladi", — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Britaniyaning The Telegraph internet nashri.