Londonning "Chelsi" klubi sobiq markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoa tez orada yuqori saviyaga qaytishiga umid bildirdi. Ayni damda “ko'klar” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
“Bu qiyin mavsum, chunki klubga yangi futbolchilar va yangi murabbiy keldi. Umid qilamanki, "Chelsi" Pochettinoga vaqt beradi va futbolchilar Maurisioni qo'llab-quvvatlaydi. "Chelsi" sovrinlar haqida, shuning uchun jamoa hech narsa yutmaganini ko'rish men uchun qiyin. Kelajakda "Chelsi"ni yana yuqori saviyada raqobatlashini ko'rishni intiqlik bilan kutaman", - deya Ryudiger so'zlarini keltirgan jurnalist Saymon Fillips.
Eslatib o'tamiz, Antonio 2022 yilning yozida “Chelsi”ni tark etib, “Real”ga erkin agent sifatida o'tgan edi.