Madridning “Real” klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin “qirollik” klubini tark etish haqida o'ylamoqda. 25 yoshli darvozabon belgiyalik Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti, u tez orada safga qaytadi.
Lunin "Manchester Yunayted" unga qiziqish bildirayotgan Premer-ligaga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Mankunianliklar futbolchiga Madriddagidan ko'ra foydaliroq shartnoma taklif qilishga tayyor. Andreyning "Los-Blankos" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Uning bozor qiymati 16 million evroni tashkil qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Lunin 20 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol o'tkazib yuborgan.