Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem mavsumning ikkinchi qismida o'yindagi pasayish sababini tushuntirib berdi.
"Jirona"ga qarshi o'yinda olgan jarohatim ritmimni buzdi. Bu mening o'yinimga ta'sir qildi, chunki mavsum boshida men har bir uchrashuvda maydonga tushdim. Men ba'zi narsalarni tuzatishim kerak. Aytilayotgan tanqidlarni munosib qabul qilaman”, - dedi angliyalik.
Jud o'tgan yozda Madrid grandi safiga qo'shilgandi. Joriy mavsumda Bellingem 36 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.