Ispaniya texnik hakamlar qo'mitasi Joan Laportaning talabini qanoatlantirmaydi.
Oldinroq "Barselona" prezidenti klub "Real"ga qarshi o'yin (2:3) epizodi bilan bog'liq video va audio yozuvlarni talab qilishini, unda Lamin Yamal tomonidan urilgan to'p Madrid darvozasi chizig'ini kesib o'tgan bo'lishi mumkinligini aytgan edi.
Marca nashri xabariga ko'ra, hakamlar qo'mitasi na "ko'k-anorranglilar", na boshqa jamoalar bilan hech qanday material bo'lishmoqchi emas. Ushbu tamoyilga videotakrorlar joriy etilgandan beri amal qilingan.
Qo'mita, shuningdek, "El-Klasiko"ning bosh hakami Sesar Soto Grado "ajoyibroq" ishlagan, deb hisoblaydi va uni qoralaydigan hech narsa yo'q.