"Real" yarimhimoyachisi Kazemiro Ispaniya chempionatida "Selta" bilan uchrashuvdan so'ng (4:1) fikrlarini bildirdi.
"Qo'lga kiritgan uch ochkomiz - chempionlik uchun juda muhim qadam bo'ldi. Endi oldimizda "Malaga" turibdi, u o'z uyida kuchli o'ynaydi va mavsum oxiriga kelib kuchayib ketdi.
Biz chempionlar ligasi g'olibligiga munosibmiz, ammo "Malaga" bilan o'yingacha oldindan hech narsa deb bo'lmaydi. O'z kuchimizga ishonishimiz kerak, ammo oxirgi turda oson bo'lmasligini tushunishimiz kerak. Krishtianu Ronaldu La liga va chempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinlariga ajoyib formada etib keldi, o'ylaymanki, u yana "Oltin to'p" uchun asosiy davogar bo'ladi", - deydi braziliyalik futbolchi