"Barselona" prezidenti Joan Laporta, agar hakamlar Yamalning zarbasidan so'ng kataloniyaliklarning golini noto'g'ri kiritgani isbotlansa, klub "Real"ga qarshi o'yinni takrorlashni talab qilishi mumkinligini aytdi.
“Biz zudlik bilan hakamlar texnik qo'mitasi va Ispaniya futbol federatsiyasi bilan bog'lanib, o'yin davomida olingan barcha kadrlarni taqdim etamiz. Agar bu qonuniy gol ekanligi tasdiqlansa, o'yin takrorlanishini talab qilishimizni istisno qilmaymiz. Bu allaqachon Evropa chempionatlaridan birida VAR xatosi tufayli sodir bo'lgan”, - dedi Laporta.