Jerar Pikening fikricha, klasikoda Lukas Vaskesga berilgan penalti adolatsiz bo'lgan.
“Men har doim imkon qadar ob'ektiv bo'lishga harakat qilaman. Penalti bo'lmadi, chunki Lukas Kubarsining oyog'iga tegmoqchi edi.
Lukas yugurayotganini va boshqa o'yinchining oyog'ini ko'rib, o'ng oyog'ini Kubarsi bilan to'qnashib ketadigan qilib erga qo'yganini yaqqol ko'rish mumkin”, dedi “Barselona”ning sobiq himoyachisi.