Dunyoning sobiq birinchi raketkasi yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Ispaniya Primerasining 32-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuviga tashrif buyurdi. Sportchi madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua bilan suratga tushdi va shaxsiy futbolka oldi.
"Madrid olg'a! Rahmat, Tibo”, — deb yozdi Osaka ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 3:2 hisobida “Real”ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.