La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionatda gollarni avtomatik qayd qilish tizimi yo'qligi sababli o'ziga qilingan tanqidlarga javob qaytardi.
"Izoh yo'q" - deb yozgan Tebas texnologiyadagi xatolarni tavsiflovchi ommaviy axborot vositalarining skrinshotlarini e'lon qildi.
"Barselona" vakillari Tebasni tanqid qilishmoqda, ular 21 aprel kuni "Real" bilan o'yinda (2:3) to'p haqiqatda Andrey Luninning darvoza chizig'ini kesib o'tganiga ishonishmoqda.
Avvalroq Tebas La Ligada bunday tizimni joriy qilish uchun 3 million evro juda ko'p ekanligini aytgandi.