"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes Karlo Anchelotti jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
"Men "Real Madrid"da o'ynashni yaxshi ko'raman, bu orzu bilan yashashga o'xshaydi. Mening kelajagim? Bu haqda hali hech narsa bilmayman. Men butun bor e'tiborimni mavsumning qolgan qismiga qaratganman", dedi futbolchi.
Lukas kecha “Barselona”ga qarshi o'tkazilgan o'yinda bir gol, bir golli uzatma va penalti ishlab olgandi.