"Real Madrid"ning o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes hali ham Ispaniya terma jamoasining kelasi yozda Germaniyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatiga borishga umid qilmoqda.
“Umid qilamanki, de la Fuente “el-klasiko”ni tomosha qildi va hali ham meni eslaydi. Men Ispaniya terma jamoasi bilan Evropa chempionatiga borishni orzu qilaman", - deydi Vaskes.
Lukas oxirgi marta Ispaniya terma jamoasiga 2018 yilda, Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etganida chaqirilgan edi. Umuman olganda, himoyachi faoliyati davomida "qizil furiya" uchun 9 ta o'yin o'tkazgan.