Madridning "Real" klubining ukrainalik darvozaboni Andrey Luninning "Los-Blankos" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Hozirda ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirishga yaqin. Lunin yangi shartnomani yaxshiroq moliyaviy shartlarda olishi kutilmoqda.
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti allaqachon Lunin bilan suhbatlashgan va unga ishonch bildirgan. Murabbiy ukrainalik futbolchiga Kurtua jarohatdan qaytganida ham jamoada muhim rol o'ynashda davom etishini va Tiboning zaxirachisi bo'lmasligini aniq aytdi.
Lunin joriy mavsumda "Real" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 25 ta gol o'tkazib yubordi.
Oldinroq Andrey Lunin tez orada "Qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirishi haqida xabar berilgandi.