"Atletiko" bu yil Ispaniya chempioni bo'la olmaydi.
La Liganing 32-turida “Real” o'z maydonida “Barselona”ni mag'lub etdi (3:2).
"Los-Blankos" chempionatda 81 ochko to'plagan. Shu tariqa, “Alaves”dan mag'lub bo'lgan (0:2) va turnir jadvalida 61 ochko bilan 4-o'rinda borayotgan “Atletiko” chempionlik uchun matematik imkoniyatlarini yo'qotdi.
Bu "matraschilar" uchun 2020/21 yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritganidan keyin ketma-ket uchinchi sovrinsiz mavsumdir. Diego Simeone shogirdlari bundan avval Ispaniya kubogi yarim finalida “Atletik”ga (0:1, 0:3) imkoniyatni boy bergandi, Chempionlar ligasi chorak finalida esa “Borussiya”ga yutqazgan (2:1, 2:4). Shuningdek ular Ispaniya Superkubogida "Real"na taslim bo'lishgan (3:5).
Ayni damda uchta klubda La Liga chempionligini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qolmoqda: "Real Madrid", "Barselona" va "Jirona".