Madridning "Real" klubi "Atletik Bilbao" darvozaboni Kepa Arrisanalaga nomzodini ilgari surmoqda. "Qirollik klubi" basklik darvozabonni Keylor Navas o'rniga nomzod sifatida qaramoqda.
Okdiario nashri xabariga ko'ra Kepa hozircha "Atletik" klubi vakillari bilan yangi shartnoma bandlarini kelisha olmagan. Arrisabalaning o'zi ham katta klublardan unga takliflar bo'lsa ko'rib chiqishga tayyor. Hozircha uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2018-yil yozda yakuniga yetadi.
Ko'pchilikga Iker Kasilyasni eslatib yuborayotgan yosh darvozabonni Florentino Peres "Atletik" bilan shartnoma uzaytirgan taqdirda ham qo'lga kiritmoqchi. Hozirgi kunda Kepa Arrisabalada Ispaniya yoshlar va Olimpiya terma jamoasi darvozaboni, shuningdek, Ispaniya milliy terma jamoasining 3-darvozaboni sanaladi.