21 aprel kuni Ispaniya chempionatining 32-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"Real Madrid" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Mashhur Opta superkompyuteri o'yin uchun prognoz berdi.
Sun'iy intellekt ma'lumotlariga ko'ra, "Real" uchrashuvning so'zsiz favoriti, shuning uchun "qaymoqranglilar"ning g'alabasi 46,9%, "Barselona"ning g'alabasi atigi 25,3% deb taxmin qilinmoqda.
Hatto durang ehtimoli 27,8 foizga baholanmoqda. "Real" va "Barselona" uchrashuvi bugun, 21 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.