"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas madridliklar ustozi Karlo Anchelottini xameleyonga qiyosladi.
"Karlo kiyinish xonasida futbolchilarning ishonchini qozonishni juda yaxshi biladi. U xameleyonga o'xshaydi: jamoa tarkibi o'zgarishi mumkin, lekin u bir zumda moslashadi va bu natija ko'rinishida o'z mevasini beradi.
Karloning "Real Madrid"da ekanligi juda yaxshi, chunki u hamma narsani qanday qilib yaxshi yo'lga qo'yishni biladi.
U Madrid va Ispaniyani yaxshi ko'radi", - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi AS.