"Real Madrid" sardori va himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini boshqa ispan klubida davom ettirish imkoniyatiga ega, deya xabar beradi Todofichajes jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli futbolchining transferiga "Los-Blankos"ning sobiq futbolchisi Serxio Ramos to'p tepayotgan "Sevilya" klubi qiziqmoqda.
Nacho Andalusiya klubiga tekinga o'tishi mumkin, chunki uning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.