Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Qirollik klubi"ning UEFA Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi.
"Eng qizig'i shundaki, "Real" dunyoning eng yaxshi darvozabonidan ayrildi, ammo baribir Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va Ispaniyada chempionlikka yaqin turibdi. Jamoa hozir juda kuchli", - dedi Kasilyas AS nashriga.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" "Manchester Siti"ni umumiy hisobda mag'lub etgandi. Yarim finalda madridliklar Myunxenning “Bavariya” jamoasi bilan to'qnash kelishadi. La Ligada Karlo Anchelotti shogirdlari ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta'qibchisidan 8 ochko oldinda.