Quyida bugungi "klasiko" oldidan ayrim faktlarni e'tiboringizga havola etamiz.
"Real Madrid" so'nggi uchta "klasiko"da umumiy 10:2 hisobida g'alaba qozondi.
Madridliklar "Bernabeu"da bir yildan ortiq vaqt davomida mag'lub bo'lmadi (2023 yil 8 apreldan beri).
"Barselona" La Liganing ushbu mavsumida birorta ham mehmondagi bahsda mag'lub bo'lmadi.
Xavi shogirdlari chempionatda qatorasiga 6 uchrashuvdan beri gol o'tkazib yubormayapti.
"Real" La Ligada ketma-ket 25 turdan beri mag'lub bo'lmayapti.
"Real Madrid" "Bernabeu"dagi 15 ta liga o'yinida bor yo'g'i 7 ta gol o'tkazib yubordi va faqat "Almeriya" Anchelotti jamoasi uchun bir nechta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Barsa" La Ligada ketma-ket 10 turdan beri mag'lub bo'lmayapti.