"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Parij jamoasining Chempionlar ligasi finalida "Real" bilan uchrashishini xohlaysizmi, degan savolga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning yarim finalida "PSJ" Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan to'qnash keladi, "Real"ga esa Germaniyaning yana bir jamoasi – "Bavariya" raqiblik qiladi.
Enrikening so'zlariga ko'ra, ehtimoliy final uchun raqib haqida o'ylashdan oldin, "PSJ" birinchi navbatda unga etib borishi kerak.
"Borussiya" ham biz kabi sifatli jamoa. "Borussiya"da ham finalga chiqish istagi bor. Agar finalga chiqsak, men sizga javob beraman", - dedi Enrike.
"PSJ" va "Borussiya" o'rtasidagi ilk o'yin 1 may kuni Dortmundda bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23:59 ga belgilangan.