"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas madridliklar ustozi Karlo Anchelottini "xameleon"ga qiyosladi.
"Karlo kiyinish xonasida futbolchilarning ishonchini qozonishni juda yaxshi biladi. U xameleonga o'xshaydi: jamoa tarkibi o'zgarishi mumkin, lekin u bir zumda moslashadi va bu natija ko'rinishida o'z mevasini beradi. Karloning "Real Madrid"da ekanligi juda yaxshi, chunki u hamma narsani qanday qilib yaxshi yo'lga qo'yishni biladi. U Madrid va Ispaniyani yaxshi ko'radi", - dedi sobiq darvozabon AS bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalida “Real” “Manchester Siti”ni umumiy hisobda mag'lub etdi. Yarim finalda madridliklar Myunxenning “Bavariya” jamoasi bilan to'qnash kelishadi. La Ligada Karlo Anchelotti shogirdlari ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta'qibchisidan 8 ochko oldinda.