"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro "Real"dan ketganini esladi.
"Ketishga yaqin qolganimda Anchelottining xonasiga kirdim, u yig'lab o'tirgandi. Men undan so'radim: "Nega yig'layapsiz?" U javob berdi: “Kaze, men bilmayman. Men faqat sizni sevishimni bilishingizni istayman va ketishingizni xohlamayman." Keyin ketishim kerakmi yoki yo'qmi, shubhalanib qoldim", - dedi Kazemiro El Chiringuito bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2022 yilning yozida "Real"dan "Manchester Yunayter" klubiga o'tgan edi. 32 yoshli yarim himoyachi 7 yil davomida "Los-Blankos" safida 336 ta o'yinda maydonga tushgan. Kazemiro Madrid klubi bilan 15 ta sovrin yutgan. Joriy mavsumda futbolchi jamoa safida barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.