"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva tez orada Ispaniyaga o'tishi mumkin. Portugaliyalikning "shaharliklar" bilan shartnomasida tovon puli 50 million funt sterling mavjud bo'lib, bu futbolchiga Evropa futbolining boshqa gigantlaridan qiziqish uyg'otmoqda.
Daily Star xabariga ko'ra, ayni damda "Real" Silva uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. "Barselona", "PSJ", "Arsenal" va "Bavariya" ham vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Bernardu Silva “Manchester Siti”da 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 29 yoshli yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.