"Manchester Siti" hozirdanoq bosh murabbiy sifatida Pep Gvardiola o'rnini kim egallashi haqida o'ylamoqda. Bir necha kun oldin matbuotda paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, ispaniyalik 2025 yilning o'rtalarida, amaldagi shartnomasi yakuniga etgach, o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Diario AS xabariga ko'ra, agar Gvardiola shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, "Manchester Siti" Xabi Alonsoni taklif qilmoqchi.
"Bayer"ning hozirgi murabbiyiga asosiy da'vogar "Real Madrid" hisoblanmoqda, mish-mishlarga ko'ra, u o'zining sobiq yarim himoyachisini Karlo Anchelottining bo'lajak vorisi sifatida ko'rmoqda. Alonsoning "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.