Kilian Mbappe "PSJ" prezidentiga bergan va'dasini buzdi.
Avvalroq, 25 yoshli hujumchi "PSJ"ni erkin agent sifatida tark etib, yozda "Real"ga o'tishi haqida bir necha bor xabar berilgandi.
Foot Mercato nashri xabariga ko'ra, o'tgan yozda Mbappe parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishga va'da bergan. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "PSJ" futbolchini ma'lum muddatga asosiy jamoa bilan ishlashdan chetlatgan va uni sotish variantini ko'rib chiqqandi. Keyinroq Kilian jamoaga qaytgandi.
Qayd etilishicha, 12 avgust kuni bo'lib o'tgan "Loryan" bilan o'yindan bir kun oldin Mbappe klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan gaplashib, unga shartnomani uzaytirishga va'da bergan. Bu ular o'rtasidagi ziddiyatni hal qilish imkonini berdi.
Bu va'daga qaramay, forvard mavsum oxirida "Real"ga o'tishga qaror qildi. Buni bilgan Al-Xelayfiyning jahli chiqdi.