Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua umumiy guruhga qaytdi.
Belgiyalik o'ng tizzasining ichki mushaklarini shikastlab olganidan keyin birinchi marta umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi.
Kurtua mavsum boshida xochsimon paylaridan jarohat olganidan beri maydonga tushmadi. Kurtua xalqaro tanaffusdan keyin asosiy tarkibga qaytadi deb taxmin qilingan edi, ammo 19 mart kuni darvozabon ikkinchi marta tizzasidan jarohat oldi.