"Bavariya" yangi bosh murabbiy qidirmoqda - yozgi mavsumda jamoa boshqaruvidagi Tomas Tuxelning o'rnini bosadigan murabbiy kerak.
Birinchi raqamli nomzod Yulian Nagelsmann edi, biroq Germaniya terma jamoasi murabbiyi yaqinda mamlakat futbol ittifoqi bilan shartnomasini uzaytirgan edi.
Mish-mishlarga ko'ra, "Bavariya" hozirda Zinedin Zidan va Ralf Rangnikni o'rtasida tanlov qilmoqchi.
Sport1 xabariga ko'ra, Bundesliga grandi vakillari allaqachon Rangnik bilan bog'lanishgan. Telefon muloqoti chog'ida Avstriya terma jamoasining amaldagi ustozi 2026 yilgacha mo'ljallangan amaldagi shartnomani bajarmoqchi ekanligini aytdi.