"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Borussiya"ga (3:1) qarshi EChL o'yinida qo'li bilan atayin o'ynamaganini aytdi.
"Ha, to'p qo'limga tegdi. Ammo bu juda tez sodir bo'ldi, men atayin qo'l bilan o'ynamadim. Penalti belgilash uchun hech qanday asos yo'q edi" - dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'z tarixida birinchi marta Dortmundda "Borussiya"ni mag'lub etishga erishgandi.