"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 21-turidan qoldirilgan "Selta"ga qarshi o'yin paytida raqibini pora olishda aybladi.
Kamera Krishtianu Ronalduni raqib himoyachisi Gustavo Kabralga murojaat qilayotgan vaziyatida "tutib oldi". 32-yoshli futbolchi dastlab harakatlari bilan chemodanni tasvirladi, keyin esa u pulga to'laligini va "Selta" uchun tayinlanganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Real" "Barselona"dan peshqadamlikni tortib oldi va farqni 3 ochkoga yetkazdi.
La Ligani 38-turiga tahmin qoldiring.