"Real Madrid"ning joriy mavsumdagi 1-raqamiga aylangan ukrainalik darvozabon Andrey Luninga transfer bozorida talab katta.
Manbaga ko'ra, darvozabonda faoliyatini Angliya va Frantsiya chempionatlarida davom ettirish imkoniyatlari bor. Andrey xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ukrainalik futbolchining "qirollik" klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning transfer qiymati 20 million evroga baholanmoqda.