Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Peter Bos Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz 11 kishi bo'lib himoyalanamiz va hujum qilamiz. Shuning uchun faqat himoyachilarni ayblash to'g'ri emas. Juda kuchli raqibga qarshi o'yinda biz hamisha bir qadam ortda qoldik.
Biz himoyalanishimiz kerak edi. Pressing ish bermagan paytda bunday mahoratli jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Buni tahlil qilib chiqib, o'yinimizni yaxshilashimiz kerak.
Birinchi bo'limda Serxio Ramos to'pni qo'li bilan qaytargan paytda penalti belgilanishi kerak edi. Ammo biz haqli ravishda yutqazdik», — dedi Bos.