Seshanba oqshomida Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" va "PSJ" o'rtasidagi chorak final javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Stadionda Parij jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensioning oilasi ham o'yinni tomosha qildi.
L’Equipe nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining qarindoshlarini haqorat qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Marko Asensio bungacha “Real”da o'ynagan. Eslatib o'tamiz, “PSJ” safarda “Barselona”ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etgandi.
Luis Enrike shogirdlari Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi, uning raqibi Dortmundning "Borussiya"si bo'ladi. O'yinlar aprel oxiri - may oyining boshlarida bo'lib o'tadi.