Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL chorak finalida “Manchester Siti” bilan javob o'yinidagi penaltilar seriyasi haqida gapirdi.
Ispaniyaliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonib, turnirning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.
"O'yinchilar menga g'alaba qozonishni xohlashlarini aytishdi. Lunin qarshilik ko'rsatishga tayyor ekanligini ma'lum qildi...
Oxir-oqibat hammasi joyiga tushdi. Biz penaltini a'lo darajada bajardik va Ryudiger meni juda hayratda qoldirdi.
Bu mavsumda biz har doim ham penaltilar bilan muvaffaqiyat qozona olmayapmiz, ammo bu safar hammasi yaxshi o'tdi", - dedi italiyalik murabbiy.