Braziliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro "Real"dan ketishini esladi.
"Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan kuni men Karlo Anchelottining kabinetiga kirib yig'ladim. O'sha paytda men bu qarorim xatoligini bilgandim", - deydi braziliyalik futbolchi.
Kazemiro 2022 yilning yozida "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Transfer summasi 70 million evroni tashkil qildi.
Braziliyalik yarim himoyachi "qizil iblislar" bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzoladi. Joriy mavsumda u 25 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.