«Real» Evropa chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan La liga taqvimiga kichik o'zgartirish kiritmoqchi.
Jamoa La liganing 34-turidan o'rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi bahsni bir kun ertaroq o'tkazmoqda. Bu uchrashuv 27 aprel sanasiga belgilangan.
«Real» bu o'yinni 26 aprel kuni o'tkazib, 30 aprel kuni bo'lib o'tadigan «Bavariya»ga qarshi bahs oldidan bir kun ko'proq dam olish imkoniyatini qlga kiritmoqchi.
La liga «Real»ning ushbu iltimosini ko'rib chiqib, keyinroq qaror qabul qiladi.