Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining yarim finalida “Manchester Siti”ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
"Los Blankos" murabbiylar shtabi a'zosi, Karlo Anchelottining o'g'li Davide Anchelotti penalti tepuvchilarni qanday tanlaganini tushuntirib berdi.
"To'rt-besh daqiqa qolganda men o'ylay boshladim. Bellingem yaxshi tepadi, Modrich yaxshi tepadi, Vaskes juda yaxshi penalti tepadi.
Nachoda tajriba va xarakter bor, u penalti tepishga ahd qilganini mashg'ulotlarda ko'rdik. Ryudiger ham yomon emas.
Valverde beshinchi zarba berishi kerak edi, lekin u juda charchaganini aytdi. Shuning uchun biz Ryudiger beshinchi zarbani amalga oshirishiga qaror qildik.
Qarorni murabbiylar shtabi qabul qildi", - deya Davide Anchelottining so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.