Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining chorak finalida “Manchester Siti”ni penaltilar seriyasidan so'ng mag'lub etdi.
Ma'lum bo'lishicha, himoyachi Eder Militao Karlo Anchelottidan o'zini penalti tepuvchilar ro'yxatiga kiritmaslikni so'ragan.
O'yindan keyin Anchelotti jurnalistlarga Militaoning iltimosi "Manchester Siti" darvozaboni Ederson bilan bog'liqligini aytdi.
Militao Braziliya terma jamoasidagi sherigi uni yaxshi bilishiga ishongan, shuning uchun uni "o'qiy olishi"dan qo'rqqan.