«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Borussiya»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz yana gollar urishimiz mumkin, boisi, ko'p vaziyatlar yaratdik. Eng muhim — raqibga nisbatan ko'proq gol urish. Biz buni uddaladik.
Krishtianu uchun yana bir marta xursandman. Barcha yaxshi o'ynadi.
Biz o'yinni ajoyib o'tkazdik. Yaxshi boshladik. Undan tashqari har ikkala bo'limda zo'r o'ynadik. Tanaffusdan keyin qandaydir qiyinchiliklarga duch keldik, lekin uni engib o'tdik», — dedi Zidan.