Kecha tunda Evropa chempionlar ligasining chorak finalining ikkita javob uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, "Bavariya" va "Real" yarim final yo'llanmasini naqd qildi.
Mazkur bahslar yakuniga etgach, UEFA rasmiy sayti orqali hafta ramziy jamoasini ma'lum qildi.
"PSJ"dan to'rtta, "Bavariya" va "Borussiya"dan uchta va "Manchester Siti"dan bitta futbolchi mazkur o'n bittalikdan joy oldi.
Endilikda asosiy favorit sifatida qaralayotgan va "Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Real"dan esa birorta futbolchi yo'q ekanini ko'rishimiz mumkin.