Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda darvozabon Andrey Luninning holati haqida gapirdi.
Penaltilar seriyasida ukrainalik futbolchi ikkita penaltini bartaraf etdi va "qirollik klubi"ga yarim finalga chiqishga yordam berdi.
"Biz Luninni tabriklashimiz kerak, chunki u birinchi o'yindan keyin tanqid qilingandi. Javob o'yinida u jamoaga kerak bo'lgan jasoratni ko'rsatdi.
Andrey hammaga o'zini juda sifatli futbolchi ekanligini isbotladi", - deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.