Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL chorak finalida “Manchester Siti” bilan javob o'yinida juda asabiylashganini tan oldi.
Italiyalik murabbiyning jamoasi yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Agar "Manchester Siti" bilan o'yinda o'lmagan bo'lsam, demak, men o'lmas insonman.
2022-yilda “Chelsi”ga qarshi javob o'yinidagi kambekdan beri bunchalik asabiy bo'lmaganman”, — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.